Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Dublinga tashrifi chog‘ida Irlandiya bosh vaziri Mixol Martin bilan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini mamlakat mudofaasi va tiklanishini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratish imkoniyatini muhokama qildi.
Bu haqda Ukraina rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Biz bugun Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha pozisiyani ham muhokama qildik. Mudofaamizni ham, qayta qurishimizni ham ishonchli ta’minlay olishimiz uchun ularni Ukrainaga o‘tkazish vaqti keldi", - deya ta’kidladi u hamkorlarini Rossiyani qonuniy javobgarlikka tortish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarda faolroq ishtirok etishga chaqirdi.
Martin, o‘z navbatida, Irlandiya ushbu aktivlardan Ukrainani qayta qurishni moliyalashtirish va kreditlar berish uchun foydalanishni qo‘llab-quvvatlashini aytdi.
Tomonlar, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni ham muhokama qilishgan. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi cheklovlar vaziyat hal etilmaguncha muhim ta’sir vositasi bo‘lib qoladi.
Zelenskiy Irlandiyaga energiya va insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va mamlakatlar kelgusi besh yil uchun hamkorlik yo‘l xaritasini tasdiqlaganini ma’lum qildi.