Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Zelenskiy: "Bugungi kelishuvlarning umumiy qiymati 300 million yevro"

Zelenskiy: "Bugungi kelishuvlarning umumiy qiymati 300 million yevro"

Ukraina va Finlyandiya o‘rtasida umumiy qiymati 300 million yevroni tashkil etuvchi qator kelishuvlar imzolandi.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, Kiyevda Finlyandiya bosh vaziri Petteri Orpo bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida jami yettita hujjat imzolangan.

Mazkur hujjatlar orasida Ukrainaga yangi yordam paketini taqdim etish to‘g‘risidagi kelishuv ham bor.

"Bugun erishilgan kelishuvlarning umumiy qiymati 300 million yevroni tashkil etadi", — deb yozdi Zelenskiy.

Kiritildi: 23:21 22.10.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!