Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Yulduzli Nigeriya O‘zbekistonning JCH-2026'dagi ehtimoliy raqibiga aylanishi mumkin!

Yulduzli Nigeriya O‘zbekistonning JCH-2026'dagi ehtimoliy raqibiga aylanishi mumkin!

Nigeriya futbol federasiyasi Kongo terma jamoasi ustidan FIFAga rasmiy petisiya topshirgan. The Guardian xabariga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha tashkilot bugun o‘z yakuniy xulosasini taqdim etishi kutilmoqda.

Da’voning mazmuni nimada?
Nigeriya tomonining ta’kidlashicha, Kongo terma jamoasining 6 nafar futbolchisi mamlakat qonunchiligiga zid ravishda Yevropa pasportlaridan voz kechmagan holda maydonga tushgan. Shu bois, ularning Nigeriyaga qarshi saralash bahsida ishtirok etish huquqi bo‘lmagan deb hisoblanmoqda.

Nigeriya uchun imkoniyat:
Agar FIFA Nigeriyaning da’vosini qanoatlantirsa:

Nigeriyaning Kongodan uchralgan mag‘lubiyati (1:1, penaltilarda 3:4) bekor qilinadi;

«Super burgutlar» Kongo o‘rnini egallab, qit’alararo pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi.

Agar Nigeriya pley-offga yo‘l olsa, 2026 yil martida Yamayka–Yangi Kaledoniya juftligi g‘olibiga qarshi pley-off final bahsida maydonga chiqadi. Ular g‘alaba qozongan taqdirda Portugaliya, Kolumbiya va O‘zbekiston o‘rin olgan «K» guruhiga borib tushadi.

Kiritildi: Bugun 14:40. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!