Xabaringiz bor, bugun Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Bellashuv oldidan jamoalar "Ozodiy"da rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi.
"varzesh3" nashri xabariga ko‘ra, "oq bo‘rilar" vingeri Oston O‘runov ushbu mashg‘ulotlarda qatnashmagan. 24 yoshli futbolchi terma jamoani tarki etib, "Persepolis" lageriga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, "qizillar" navbatdagi uchrashuvni 29 martda "Shams Azar"ga qarshi o‘tkazadi. Eron va O‘zbekiston bellashuvi esa bugun 21:00da start oladi.