Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Putin Zelenskiyning Kupyanskdagi stela fonida tushgan fotosurati haqida fikr bildirdi va uni "aktyor" deb atadi

Putin Zelenskiyning Kupyanskdagi stela fonida tushgan fotosurati haqida fikr bildirdi va uni "aktyor" deb atadi

Jurnalist Pavel Zarubin bir hafta avval Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kupyanskdagi stela fonida olingan selfini e’lon qilganini aytdi va Putindan bunga izoh berishini so‘radi.

"U axir aktyor, ustiga-ustak iste’dodli aktyor, buni men istehzosiz aytyapman", — deya javob berdi Rossiya prezidenti. Putinning aytishicha, stela hozir “butunlay boshqacha ko‘rinishda”, bundan tashqari u shahardan bir kilometr uzoqlikda joylashgan.

"Eshik oldida turib qolmasdan, agar Kupyansk ularning nazoratida bo‘lsa, ishkariga kirsa bo‘lmaydimi, — dedi prezident.

Chorshanba kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrainalik harbiylar Kupyanskning 90 foizini nazorat qilayotganini ma’lum qilgan edi. Rossiya rasmiylari esa Kupyansk Rossiya nazoratida ekanini ta’kidlashda davom etmoqda, biroq bu ma’lumotlarni na G‘arb ekspertlari, na rossiyalik blogerlar tasdiqlamoqda.

Kiritildi: Bugun 15:44. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!