Shimoliy Atlantika ittifoqi Rossiyaga qarshi pozisiyasidan voz kechib, o‘zaro hurmatli muloqotga kirishishga tayyor bo‘lsa, Rossiya muloqotga ochiq bo‘ladi.
Bu haqda Rossiya TIV Yevropa bilan aloqalar departamenti direktori Vladislav Maslennikov ma’lum qildi.
Rossiya o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish va hisobga olish hamda teng va bo‘linmas xavfsizlik tamoyiliga asoslangan muloqotga rozi, dedi u.
Maslennikov eslatib o‘tdiki, 2014 yilda NATO “har qanday ob-havoda o‘zaro aloqa” tamoyilidan voz kechib, Moskva bilan aloqaning barcha kanallarini shunchaki muzlatib qo‘ygan. Alyans o‘z a’zolari uchun “eng muhim va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xavfsizlik tahdidi” deb e’lon qilingan Rossiyaga qarshi kurashishga ustuvor ahamiyat qaratdi, deya qo‘shimcha qildi TIV departamenti direktori.
"NATOning qarama-qarshilik yo‘nalishi hech bo‘lmaganda o‘rta muddatli istiqbolda mustahkam o‘rin olgan va uni qayta ko‘rib chiqish mumkinligi haqida hech qanday dalil yo‘q. Aksincha, alyans rahbariyati Ukraina inqirozi hal bo‘lganidan keyin ham Rossiya xavfsizlikka asosiy tahdid bo‘lib qolishini e’lon qilmoqda", deb ta’kidladi diplomat.