Fransiya polisiyasi Fransiya madaniyat vaziri Rashida Datining xonadonlari va idorasida, shuningdek, Parijning 7-okrugi meriyasida korrupsiya bo‘yicha tergov doirasida tintuv o‘tkazdi.
Bu haqda Fransiya milliy moliya prokuraturasi ma’lumotlariga tayanib, Nouvel Obs jurnali xabar berdi.
Tergov 2025 yil 14 oktyabrda "faol va passiv korrupsiya, ta’sirchan savdo, davlat mablag‘larini o‘zlashtirish, odam savdosi va ushbu jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirish” moddasi bo‘yicha ochilgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2009-2019 yillar oralig‘ida Dati Yevroparlament a’zosi bo‘lganida GDF Suezdan 299 ming yevro "gonorar" olgan, biroq Yevroparlamentga mablag‘larni oshkor etmagan.
Aytilishicha, tergov maxfiy bo‘lgan. Joriy yilning iyun oyida jurnal joriy vazir go‘yoki 2010 va 2011 yillarda GDF Suezdan pul olgani haqida to‘lovlar amalga oshirilgan yuridik firma hujjatlariga tayangan holda xabar bergan edi. Jurnalning qayd etishicha, yangi tergov 2026 yilgi saylovlarda Parij merligiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan Dati uchun qo‘shimcha to‘siq yaratishi mumkin.