Bu haqda Massachusets prokurori Leya Foleyga tayanib, Reuters xabar berdi.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Braun universitetida sodir etilgan ommaviy otishmada gumon qilingan shaxs vafot etgan. Hozirda u Braun universitetidagi hujumdan ikki kun o‘tib Massachusets texnologiya instituti (MIT) professori o‘ldirilganiga ham aloqadorligi ehtimoli tekshirilmoqda. Gumonlanuvchining jasadi Salem shahrida, Boston markazidan taxminan 30 kilometr shimolda joylashgan omborxonada topilgan.
Anonim qolishni istagan AQSh Adliya vazirligi vakillaridan biri gumonlanuvchi o‘z joniga qasd qilganini aytdi. Manbalar gumonlanuvchining shaxsi va nega tergovchilar ikki jinoyat o‘zaro bog‘liq bo‘lishi mumkin deb hisoblayotgani haqida qo‘shimcha tafsilot bermadi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada ikki kishi, jumladan, o‘zbekistonlik talaba Muhammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgandi.