Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

16 soatlik muhokama: YEI yetakchilari Ukraina uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanmaydi

16 soatlik muhokama: YEI yetakchilari Ukraina uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanmaydi

EI yetakchilari Ukrainaga 90 mlrd yevro ajratishga kelishib oldi, buning uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanilmaydi, deb xabar bermoqda BBC.

"Evropa Ittifoqi yetakchilari 16 soat davom etgan muhokamalar chog‘ida Yevropada muzlatib qo‘yilgan Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainani moliyalashtirish sxemasi bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Biroq, Yevroittifoq Kiyevga 90 mlrd yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatishni YEI byudjeti bilan ta’minlangan qarz hisobidan ajratishni ma’qulladi", deya xabar bermoqda nashr.

"2026–2027 yillar uchun Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror ma’qullandi", — deb yozdi Yevropa Kengashi raisi Antoniu Koshta ko‘p soatlik muzokaralardan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda.

Koshta bu mablag‘lar qayerdan olinishi haqida aniqlik kiritmadi, biroq Reuters tanishib chiqqan hujjatlarda aytilishicha, mablag‘lar YEI byudjeti bilan kafolatlangan holda kapital bozorlaridan qarz olish orqali jalb qilinadi.

Shu bilan birga, hujjatda ushbu kelishuv Ukrainani moliyalashtirishda ishtirok etishni istamagan Vengriya, Slovakiya va Chexiyaning moliyaviy majburiyatlariga ta’sir qilmasligi qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 12:24. O'qildi: 609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!