O‘zbekiston va Rossiya Transafg‘on temir yo‘lini loyihalashtirishadi. Rossiyaning respublikadagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yangi tranzit yo‘laklari yuk tashish muddati va narxini 30-40 foizga qisqartirish imkonini beradi.
O‘zbekiston va Rossiya mutaxassislari Janubi-Sharqiy Osiyo va MDH davlatlari, Xitoy hamda Yevropa o‘rtasida yangi eng qisqa tranzit yo‘laklarini yaratadigan Transafg‘on temir yo‘lini loyihalashtirishadi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston va Rossiya loyiha byurolari birgalikda Transafg‘on temir yo‘lini loyihalashtirishadi. Afg‘oniston hududi bo‘ylab o‘tadigan yo‘nalishlar Termiz - Mozori Sharif - Kobul - Peshovar temir yo‘lining bir qismiga aylanadi. Bu yangi eng qisqa tranzit yo‘laklarini yaratib, Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarini MDH, XXR va Yevropa bozorlari bilan bog‘laydi," - deyiladi xabarda.
"Loyiha yuk tashish muddati va narxini 30-40 foizga qisqartirish imkonini beradi. O‘zbekiston - Afg‘oniston - Pokiston yo‘nalishi esa loyihaning bir qismi bo‘ladi," - deya qo‘shimcha qilingan matbuot xizmatida.