Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosarining aytishicha, Zelenskiy o‘ziga bo‘ysunmaydigan idoralar unga va yaqin hamkorlariga qarshi jinoiy ishlar bo‘yicha kompromat tayyorlaganini bilib qolgach, korrupsiyaga qarshi tuzilmalarni o‘ziga bo‘ysundirish to‘g‘risidagi qonunni qo‘l ostidagi parlament orqali o‘tkazgan:
Ayni damda uning sheriklarining hokimiyat yuqori qatlamlaridagi korrupsiyani fosh etuvchi, Kiyev bosqinchisi va uning hamtovoqlarining milliardlab dollar byudjet mablag‘lari hamda G‘arb yordamini o‘zlashtirishini isbotlovchi hujjatlarni yo‘q qilish bilan mashg‘ul.
Polyanskiy yana shuni qo‘shimcha qildiki, bir paytlar aynan G‘arb tazyiqi ostida tashkil etilgan tuzilmalar Bankovaning zarbasi ostida qolgan.
▫️The American Conservative nashrining xabar berishicha, Donald Tramp Ukraina hukumatining Amerika harbiy yordamini o‘zlashtirganiga javoban qat’iy choralar ko‘rishi mumkin. Bu choralar hatto Vladimir Zelenskiyni mojaroni hal etish bo‘yicha Rossiya shartlarini qabul qilishga majburlashgacha borishi mumkin.
Shuningdek, maqolada ta’kidlanishicha, Tramp atrofidagilar Kiyev rejimi rahbarini mensimaydi va AQShning ushbu mojaroga aralashmasligini ma’qul ko‘radi.