Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

"Mask yadroviy urushdan qo‘rqqan..."

A A A
"Mask yadroviy urushdan qo‘rqqan..."

Mask 2022 yilning kuzida Xerson yaqinida Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasini o‘chirishni buyurgan, chunki u yadroviy urushdan qo‘rqqan, deb xabar bermoqda Reuters.

"Ilon Mask Ukrainaning jang maydonidagi muvaffaqiyatlari Rossiyani yadro qurolini qo‘llashga undashi mumkinligidan xavotirda shunday qarorga qabul qilgan bo‘lishi mumkin", deya yozmoqda agentlik ismi oshkor etilmagan manbalariga tayanib.

Reuters'ning boshqa bir manbasi so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh aloqasini o‘chirish 2022 yil 30 sentyabr kuni amalga oshirilgan. Natijada, Xerson viloyatida harakat qilayotgan Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalari foydalanayotgan kamida 100 ta Starlink terminali ishlamay qolgan.

Bu, shuningdek, Rossiya tomonidan bosib olingan Ukrainaning ayrim hududlarida, jumladan Donesk viloyatida ham Starlink'ning ishlashiga ta’sir qilgan, deyiladi xabarda.

Reuters'ning yozishicha, aloqadagi muammolar sababli Ukraina Qurolli kuchlarining Berislav shahrini qurshab olish bo‘yicha harbiy operasiyasi to‘xtab qolgan.

Kiritildi: 22:05 25.07.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!