Tramp Epshteyna oroliga biror marotaba ham bormaganini, Klinton esa 28 marta borganini aytdi.
Oldinroq AQSh prezidenti uning Epshteyn bilan aloqalari va gumonlarni “demokratlarning ko‘zbo‘yamachiligi” degan edi.
Jeffri Epshteyn AQShning qator boy va mansabdor shaxslari hamda voyaga yetmaganlar orasida jinsiy yaqinliklar tashkil etishda ayblanib hibsga olingan va qamoxonada vafot etgan. Ushbu ish tafsilotlari maxfiylashtirilgan.
Tramp saylov kampaniyasi vaqtida ularni ochiqlashni va’da bergan edi, lekin bu haligacha amalga oshmadi.