Turkiya parlamenti deputati Najmiddin Chalishkan Erdog‘anni Isroilga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun keskin tanqid qildi.
“G‘azo va Falastinni bombardimon qilayotgan isroillik uchuvchilar Koniyada tayyorlanmoqda. Isroilga aviasiya yoqilg‘isi Iskenderundan, askarlarning ovqati Alaniyadan, suv esa Manavgatdan yetkazib berilmoqda. Siz tvit yozish, shior aytish va qoralash bilan kifoyalanmoqchisizmi? Ukraina va Ozarbayjonga dron yuboryapsiz, lekin G‘azo haqida gap ketganda faqat duo qilasiz”, degan deputat.
Chalishkan bu chiqishida Turkiya hukumatini Falastin masalasida ikkiyuzlamachilikda ayblagan. Siyosiy jihatdan qoralovchi bayonotlar berilsa-da, amaliy jihatdan Isroilga yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlagan.