Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘on Putin va Trampga taklif bilan chiqdi

Erdo‘g‘on Putin va Trampga taklif bilan chiqdi

Erdo‘g‘on Tramp va Putinga Istanbulda uchrashishni taklif qilmoqchi.

Turkiya prezidenti Ukraina bo‘yicha kelishuvni muhokama qilish uchun Istanbulda Rossiya va AQSh rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish uchun harakat qilish niyatida ekanini aytdi.

Bu hafta Putin va Tramp bilan suhbat chog‘ida Istanbulda bu ikki yetakchining uchrashuvini o‘tkazishimiz mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilamiz, dedi Erdo‘g‘on.

Chorshanba kuni Istanbulda Ukraina va Rossiya delegasiyalari o‘rtasida urushni tugatish masalasi bo‘yicha muzokaralarning uchinchi raundi bo‘lib o‘tdi, lekin u hech qanday yutuq keltirmadi.

Bir soatdan kam davom etgan qisqa uchrashuvdan so‘ng Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov Kiyev Moskvaga avgust oyi oxirigacha Zelenskiy va Putinni uyushtirishni taklif qilganini aytdi. Kreml bunga aniq javob bermadi

Kiritildi: 18:35 25.07.2025. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!