Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Narendra Modi Indira Gandining rekordini yangiladi

Narendra Modi Indira Gandining rekordini yangiladi

Narendra Modi uzluksiz 4078 kun Hindiston bosh vaziri lavozimida ishlab Indira Gandining rekordini yangiladi, deb xabar beradi India Today.

2025 yil 25 iyul holatiga ko‘ra, Modi bosh vazir lavozimida uzluksiz 4078 kun ishladi. Ilgari Indira Gandi bu lavozimda 4077 kun (1966 yil yanvaridan 1977 yil martigacha) ishlagan.

Shu tariqa Narendra Modi mamlakat tarixidagi eng uzoq muddat hokimyatda bo‘lgan ikkinchi bosh vazirga aylandi. Birinchi o‘rinda Hindistonning birinchi bosh vaziri Javoharlal Neru joylashgan.

Modi siyosiy faoliyatini 2001 yilda Gujarat bosh vaziri sifatida boshlagan. O‘shandan beri u 24 yil davomida shtat va milliy darajada saylangan hukumatlarni boshqargan. Hindistonda boshqa hech bir bosh vazir bu muvaffaqiyatga erisha olmagan.

Narendra Modi, shuningdek, Hindiston 1947 yilda mustaqillikka erishgandan keyin tug‘ilgan yagona Bosh vazirdir.

Uning «Bxaratiya janata parti»si(Hindiston xalq partiyasi) ketma-ket uch marta milliy saylovlarda g‘alaba qozondi. Bunday natijaga avval faqat Javoharlal Neru erishgan edi.

Narendra Modi o‘tgan yilning iyun oyida Milliy demokratik alyans (NDA) tarkibiga kiruvchi Hindiston xalq partiyasi g‘alabasidan so‘ng rasman uchinchi muddatga Bosh vazir lavozimini egallagan edi.

Kiritildi: 21:25 25.07.2025. O'qildi: 1193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!