Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Gurbanguli Berdimuhamedov sportkarda aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sinovdan o‘tkazdi

Gurbanguli Berdimuhamedov sportkarda aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagini sinovdan o‘tkazdi

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov yuqori tezlikda harakatlanuvchi sportkarda Turkmanboshi shahri xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi holatini sinovdan o‘tkazdi.

Ta’kidlanishicha, Turkman xalqining milliy yetakchisi mashinani yuqori tezlikda boshqarib, uchish-qo‘nish yo‘lagini aylanib chiqdi, yuzaning holati va sifatini ko‘zdan kechirdi.

Gurbanguli Berdimuhamedov sinov chog‘ida sportkarning tezligini asta-sekin oshirib, murakkab manyovrlarni bajardi. Videolavhada tezlik 281,4 km/s darajasida qayd etilganini ko‘rish mumkin.

«Gurbanguli Berdimuhamedovning misoli yoshlar, ayniqsa, avtosport bilan shug‘ullanuvchilar uchun namuna hisoblanadi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, Xalq Maslahati raisi xizmat safari davomida aeroportga keltirilgan yangi xo‘jalik texnikalari bilan tanishib, ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta’minlash bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

Kiritildi: 22:45 25.07.2025. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!