Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Bugundan mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

Bugundan  mijozlarga kredit ajratishda yangi tartib kuchga kiradi

2025 yil 24 iyuldan Markaziy bankning 3618-sonli qaroriga ko‘ra:

Qarz yuki 50%dan oshmasligi shart. Sizning barcha oylik kredit to‘lovlaringiz (ipoteka, mikroqarz va boshqalar) jami, rasmiy oylik daromadingizning 50 foizidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Masalan, agar sizning rasmiy daromadingiz 6 million so‘m bo‘lsa, bank sizga shunday miqdorda kredit beradiki, to‘lovlar har oyda 3 million so‘mdan oshmasligi kerak bo‘ladi.

Qaysi hollarda bu 50% qoida hisobga olinmaydi? Agar siz oxirgi 6 oyda bankdan hech qanday kredit olmagan bo‘lsangiz yoki ilk marta kreditga murojaat qilayotgan bo‘lsangiz, bank qarz yukini hisoblamasligi mumkin. Ya’ni bu hollarda 50% chegarasi qo‘llanilmaydi.

Bank sizning mavjud kreditlaringiz bo‘yicha oylik to‘lovlarni belgilangan hisoblash me’yorlari asosida aniqlaydi. Ya’ni, mikroqarzlar bo‘yicha to‘lovlar 36 oyga, ipoteka kreditlari bo‘yicha 180 oyga, kredit kartalari va qayta tiklanadigan kreditlar bo‘yicha esa 60 oyga bo‘lib hisoblanadi.

Kiritildi: 04:43 24.07.2025. O'qildi: 8926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!