Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

"HAMAS menimcha o‘lishni xohlayapti..."

A A A
"HAMAS menimcha o‘lishni xohlayapti..."

HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv tuzishni istamayapti, menimcha, ular o‘lishni xohlayapti, deya fikr bildirdi AQSh prezidenti

Donald Trampning boshqa bayonotlari:

◾️ Fransiya prezidentining Falastinni tan olishi haqidagi bayonoti hech narsani o‘zgartirmaydi. Makron juda yaxshi yigit. Menga yoqadi, lekin bu bayonot hech qanday ahamiyatga ega emas;

◾️ Men Putin va Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtiryapman. Aslida bunday uchrashuv uch oy oldin bo‘lishi kerak edi;

◾️ Agar Moskva Ukrainada tinchlikka erishishni istamasa, Rossiyaga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar joriy etilishi mumkin. Biz bunday ssenariyni ko‘rib chiqyapiz;

◾️ AQSh va Rossiya o‘rtasidagi strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnomaning muddati tez orada tugaydi, bu butun dunyo uchun muammo hisoblanadi. Vashington Moskva bilan yadro qurollarini qisqartirish istiqbollarini muhokama qilish niyatida;

◾️ Men hech qachon Jeffri Epshteynning shaxsiy oroliga bormaganman, sobiq prezident Bill Klinton esa u yerga o‘nlab marta borgan.

Kiritildi: 20:45 25.07.2025. O'qildi: 2076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!