AQSh prezidenti Donald Tramp shamol energetikasini yana bir bor tanqid qilib, Yevropa shamol turbinalaridan voz kechishi kerakligini aytdi.
U bu haqda Glazgoga yetib borganidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shamol turbinalari “chiroyli dalalar va vodiylarni vayron qiladi va qushlarni o‘ldiradi”. "Siz o‘z mamlakatlaringizni vayron qilyapsiz", deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Tramp bir necha bor shamol energiyasiga qarshi chiqqan. U avvalroq Trump Organisation ob’ektlari yaqinida shamol turbinalarini ko‘rishni istamasligini aytgan edi. Aytgancha, Trampning aktivlari uning farzandlari tomonidan boshqariladigan kompaniyasi avvalroq Shotlandiya hukumatiga qarshi Aberdinshirdagi golf klubi yaqinida shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha sudda yutqazgan edi. Da’voga ko‘ra, turbinalar o‘yinchilarning ko‘rinishini buzadi. Shotlandiyaga tashrifi chog‘ida Tramp 13 avgust kuni ochilishi arafasida Aberdinshirdagi ushbu golf klubiga, shuningdek, uning oilasiga tegishli bo‘lgan Ternberri yaqinidagi yana bir golf klubiga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.