Bugun 27 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

7,5 yilga qamalgan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqdi

7,5 yilga qamalgan “Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev ozodlikka chiqdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 2025 yil 3 fevraldagi hukmiga ko‘ra, “Toshshahartransxizmat” AJ sobiq rahbari Anvar Jo‘rayev davlat mulkini talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi kabi moddalarda aybdor deb topilib, 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi .

2025 yil 5 iyundagi Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’ati ajrimi bilan, Anvar Jo‘rayevga tayinlangan jazo o‘zgartirildi. Unga uzil-kesil o‘tash uchun 3 yil muddatga “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4,5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 14:10 26.07.2025. O'qildi: 1265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!