Banklar «Manchester Siti» bilan bog‘liq transferlarni moliyalashtirishdan bosh torta boshladi.
Bu haqda Bloomberg portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, kreditorlar Angliya Premyer-ligasining (APL) moliyaviy qoidalarini buzgani uchun «shaharliklar»ga nisbatan mustaqil komissiya qanday qaror chiqarishini kutishni ma’qul ko‘rmoqda.
Gap «Manchester Siti»ning yangi futbolchilarni sotib olish bilan bog‘liq transferlari haqida ketmoqda. Bunday holatlarda banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar futbolchini sotuvchi klubga transfer pulining katta qismini «shaharliklar»dan to‘lovlar kelib tushishini kutmasdan, oldindan olish imkonini beradi. Bunday sxemalar orqali banklar xususiy kreditlash bozoridagi yirik mijozlarni jalb qiladi.
Bloomberg ma’lum qilishicha, Germaniyaning Oldenburgische Landesbank AG banki Alan Andradening «Palmeyras»dan 34 million funt sterlingga (taxminan 44,9 million dollar) transferini moliyalashtirish bo‘yicha bitimdan chiqqan. Ushbu transfer 2026 yil yozida rasmiylashtirilgan.