Bugun 21 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

“Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

“O‘zmetkombinat” AJ jamoasi bugun “Yashil makon” umummilliy tashabbusi doirasida Futbol akademiyasi hududida ko‘chat ekish tadbirini o‘tkazdi. Hududga 200 tup daraxt ekilib, shu bilan birga korxona atrofida yana 10 ming tup ko‘chat ekish ishlari boshlandi.

Daraxt turlari iqlim, tuproq va ekologik sharoitlar inobatga olinib tanlandi. Bu hududning ekologik barqarorligini kuchaytirishga qaratilgan muhim qadam sifatida qayd etildi.

Tadbirda korxona rahbariyati, xodimlar, Futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari va OAV vakillari ishtirok etdi. Jurnalistlar ham xodimlar safida faol ravishda ko‘chat ekdilar.

“O‘zmetkombinat” AJ ushbu tashabbus orqali sanoat rivoji bilan bir qatorda atrof-muhitga mas’uliyatli munosabat va yashil hududlarni kengaytirish yo‘lida amaliy ishlarini davom ettirayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Kiritildi: 21:46 20.11.2025. O'qildi: 216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!