Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan yigitgan jazo tayinlandi

Qashqadaryoda sinfdoshiga shilqimlik qilgan yigitgan jazo tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida 14 noyabr kuni jamoat joyida sinfdosh ayolga nisbatan mayda bezorilik sodir etgan erkak ma’muriy tartibda jazolandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1995-yilda tug‘ilgan B.B. o‘sha kuni tasodifan Xorazm viloyatiga turmushga chiqqan sinfdoshi G.M.ni yo‘lda uchratib qolgan. U ayolga “ota uyingizga olib borib qo‘yaman” deb taklif berib, o‘zining avtomobiliga o‘tqazib olgan.

Biroq yo‘lda ketishayotib, B.B. avtomashinani mahalla hududidan o‘tadigan yo‘l chetiga to‘xtatgan va G.M.ning qo‘lidan ushlab, unga bo‘lgan his-tuyg‘ularini aytgan. Shu bilan birga, u sinfdoshini o‘pishga harakat qilgani ma’lum qilindi.

Dastlab surishtiruv organi B.B.ning qilmishini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi — shahvoniy shilqimlik sifatida baholagan. Biroq sud hujjatlarni tahlil qilib, holatni “mayda bezorilik” deb qayta kvalifikasiya qildi. Natijada u 183-modda asosida aybdor deb topilib, 14 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Hujjatlarda ta’kidlanishicha, qamoqqa olish haqidagi qaror qonuniy kuchga kirgan.

Kiritildi: Bugun 10:45. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!