Pentagonning yuqori martabali amaldorlari bugun Zelenskiyni Rossiya bilan kelishuvga rozi bo‘lishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Bu haqda ukrain ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar vakillarining takliflari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— Ukrainaning Rossiyaga butun Donbassni, jumladan hozir Kiyev nazorati ostida bo‘lgan hududlarni ham topshirishi;
— Rossiyalik harbiylarga ehtimoliy jinoyatlar uchun amnisiya berilishi;
— Rossiyaning jahon iqtisodiyotiga qaytishi;
— Ukrainaning NATO'ga a’zo bo‘lishdan voz kechishi.
Qayd etilishicha, buning evaziga Rossiya bundan buyon Ukraina yoki Yevropaning boshqa davlatlariga hujum qilmaslikka va’da beradi va buni qonuniy ravishda mustahkamlaydi.