Rossiya Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti direktori Viktor Danilov-Danilyanning ma’lum qilishicha, Sibir daryosi qo‘shimcha suv oqimini O‘zbekiston va Qozog‘istonga yo‘naltirish masalasi yana muhokama markazida turibdi.
Bu tashabbus “Quruqlik suv resurslari” bo‘yicha ilmiy kengashining oktyabr oyidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan.
Loyiha doirasida Rossiya suv sohasining strategik rivojlanishi, suv taqchilligi va suv resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari o‘rganiladi.
Ekspertlar eng istiqbolli yo‘nalish sifatida daryoning bir qismini Orolbo‘yiga — O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi qurigan Orol dengiziga yo‘naltirishni qayd etmoqda.
Shuningdek, "Pechora" va "Severnaya Dvina" daryolari suvining bir qismini "Volga" havzasi orqali "Priazove"ga o‘tkazish masalasi ham muhokama qilinmoqda.
Mutaxassislar bunday loyiha Rossiya suv resurslarini qayta taqsimlash va suv tanqisligini boshdan kechirayotgan O‘zbekiston hamda Qozog‘iston uchun amaliy yordam bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.