Rossiya prezidenti “Sun’iy intellekt olamiga sayohat” konferensiyasija mamlakat o‘z oldiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadlarni qo‘yganini, balki 150 yilga ham yetkazish mumkin bo‘lishini aytdi.
"Hozir ba’zi mamlakatlarda umr ko‘rish davomiyligi 80 yoshga yetdi va biz ham o‘rtacha yosh shuncha bo‘lishiga harakat qilyapmiz. U yerda ayollarda biroz ko‘proq, erkaklarda esa kamroq. Biz hatto o‘z oldimizga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirish bo‘yicha aniq maqsadlarni qo‘yamiz. Va hammasini to‘g‘ri qilyapmiz. Balki 150 yilga ham yetkazish mumkindir. Lekin, birinchidan, bu xuddi pul kabi hamisha kam bo‘ladi. Har doim", — dedi Putin.
Putin ayni paytda 72 yoshda. Uning beshinchi prezidentlik muddati 2030 yilda tugaydi, ammo 2020 yilda Rossiya Konstitusiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlar tufayli u oltinchi prezidentlik muddatiga ega va 2036 yilgacha hokimiyatda qolishi mumkin.