I tarif guruhi iste’molchilari uchun tabaqalashtirilgan tarif qo‘llaniladi. Tabaqalashtirilgan tarif sutkaning vaqt zonasi bo‘yicha iste’mol qilingan har 1 kVt soat elektr energiyasi uchun to‘lovdan iborat.
Bunda:
🗣Tig‘iz davr (06:00–09:00 va 17:00–22:00) — belgilangan tarifga nisbatan 1,5 barobar ko‘p;
🗣Yarim tig‘iz davr (09:00–17:00) — belgilangan tarif;
🗣Tungi davr (22:00–06:00) — belgilangan tarifga nisbatan 1,5 barobar kam.
Eslatma: iste’molchilarning I va II guruhlariga «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ, «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ, «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» AJ va uning tarkibiga kiruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalar, byudjet tashkilotlari, shuningdek, nasos stansiyalari kiradi.