Moskva Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayonini davom ettirishga tayyor.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Kreml matbuot kotibining ta’kidlashicha, Rossiya tomoni muzokaralar o‘tkazish imkoniyati bo‘yicha ochiq pozisiyani saqlab turibdi.
"Moskva muzokaralarni davom ettirish uchun ochiq", - dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arb OAVlari Qo‘shma Shtatlar Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha ramka kelishuvini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi. Manbalarga ko‘ra, bu kelishuv Ukrainaning o‘z hududlaridan voz kechishini, xususan, Rossiyaning Qrim va Donbass suverenitetini tan olishini, Vashingtonning Kiyev va Yevropaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishini nazarda tutadi. Rejaga ko‘ra, Donbasning Ukraina qo‘shinlari olib chiqib ketilgan hududlari “demilitarizasiya qilingan hudud hisoblanishi va bu hududda Rossiya qo‘shinlarini joylashtira olmaydi”. Anonim manbalarga ko‘ra, tashabbus Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi to‘qnashuv chizig‘ining amalda muzlatilishini ham ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, Axiosning so‘zlariga ko‘ra, reja Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shinlari va ularning uzoq masofali qurollari sonini ikki baravar kamaytirishni nazarda tutadi.