Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp: "Rossiya-Ukraina urushini tugataman"

Tramp: "Rossiya-Ukraina urushini tugataman"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushini tugatishga ishonchini yana bir bor ta’kidladi, shu bilan birga Moskvaning jarayonga yondashuvidan hafsalasi pir bo‘lganini esladi.

Tramp bu haqda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan AQSH-Saudiya Arabistoni biznes forumidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tgan.

"Sakkizta urushni hal qildim, hal qilinishi kerak bo‘lgan yana bitta urush bor. Qaysi urushni bilasiz. Men Rossiya prezidenti Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lganim uchun bu eng oson urush bo‘ladi deb o‘yladim. Lekin Putindan biroz hafsalamiz pir bo‘ldi. Va u buni biladi", - dedi Tramp.

Shuningdek, u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush yakunlanishiga ishonch bildirdi.

Kiritildi: Bugun 09:45. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!