Bugun 20 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Afrikada Putin, Medvedev va Lavrovga murojaat qilindi

Afrikada Putin, Medvedev va Lavrovga murojaat qilindi

Addis-Abebada bo‘lib o‘tgan Afrika davlatlarining oziq-ovqat suverenitetini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada Global qora tarix, meros va ta’lim markazi direktori Segaye Chama Rossiya rahbariyati haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning taniqli va dunyoda e’tirof etilgan arboblari sifatida qayd etilgan.

Chama Rossiya hukumatini afriqaliklar kelib chiqishi bilan bog‘liq ta’lim, texnologiya va innovasiyalarga investisiya kiritishga chaqirdi.

U ta’lim sohasida yangi yondashuvlarni shakllantirish zarurligini ta’kidlab, shunday dedi:
«Iltimos, ekspluatasiya va koloniyachillikka asoslanmagan, afrikaning qadr-qimmati va an’analariga tayangan, mahalliy xalqlarning boy donoligi hamda jahon bo‘ylab qora tanli xalqlarning bilimlarini inobatga olgan pedagogik tizimlar yarating».

Avvalroq Sergey Lavrov Rossiya Afrika bilan do‘stona va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sodiqligini bildirgan edi. Uning aytishicha, Rossiya iqtisodiy operatorlari bu yo‘nalishda zarur yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Kiritildi: Bugun 14:54. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!