Braziliyalik futbol afsungari Ronaldinyo qamoqxonada o‘tkazgan vaqtini esladi.
U 2020 yil mart oyida akasi Roberto de Assis bilan birga Paragvayga soxta pasport bilan kirishga uringani uchun hibsga olingan. O‘sha yilning avgust oyida u jarima evaziga ozod etilgan.
"Qamoqqa tushganimda o‘yladimki, ular meni urishadi, qattiq munosabat qilishadi, odatda qamoqda bo‘ladigan dahshatli narsalar ro‘y beradi.
Lekin aksincha bo‘ldi — ular qo‘riqchilarni chaqirib, futbol o‘yinlari uyushtirishdi va mendan bir necha fintlar ko‘rsatib, ular bilan ko‘ngilxushlik qilishimni so‘rashdi.
Ertasi kuni ertalab esa bizni mini-futbol o‘ynash uchun olib chiqishdi. Qo‘riqchilar va bir nechta xodimlar kameralar bilan tomosha qilish uchun kelishdi; hammamiz juda yaxshi vaqt o‘tkazdik.
Ochig‘ini aytsam, u yerda o‘tkazgan vaqtim yomon emas edi", - dedi 45 yoshli sodiq futbolchi.