Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Doha shaharlarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Chempionlar ligasi bahslari qoldirilganini e’lon qildi.
Bunga Eron, AQSh va Isroil o‘rtasidagi harbiy mojaro sabab bo‘ldi. Eron tomonidan uchirilgan snaryadlar, jumladan, Amerika bazalari joylashgan qo‘shni davlatlar hududiga ham kelib tushmoqda.
"OFK tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan ushbu vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishda davom etadi hamda barcha o‘yinchilar, jamoalar, rasmiy shaxslar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash borasidagi o‘z pozisiyasida qat’iy qoladi", — deyiladi OFK bayonotida.