Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Yaponiyada O‘zbekistonga maktab sayohatlarini tashkil etishga qiziqish ortmoqda

Yaponiyada O‘zbekistonga maktab sayohatlarini tashkil etishga qiziqish ortmoqda

2025 yil mart oyida Osakadagi Seikyo Gakuen maktabining qariyb 50 nafar o‘quvchisi Toshkent va Samarqandga kelgan. Safar taassurotlari asosida “O‘zbekistonga maktab sayohati” nomli nashr ham tayyorlangan.

Shundan so‘ng Osakadagi boshqa maktablarda ham O‘zbekistonga ta’limiy sayohatlar uyushtirishga qiziqish oshgan. Seikyo Gakuen 2027 yil mart oyida navbatdagi guruhni O‘zbekistonga yuborishga tayyorgarlikni boshlagan.

Shuningdek, 2026 yil oktabrida Osakadagi maktabda O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida taqdimot va interaktiv seminar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:09 15.08.2026. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!