Yaponiyaning g‘arbiy qismida tayfun va mavsumiy jabha tufayli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 2,2 milliondan ortiq odam evakuasiya qilindi.
Bu haqda milliy yong‘in va tabiiy ofatlar boshqaruvi agentligiga tayanib xabar berdi.
Hukumat Kyusyu va Okinavaning janubiy hududlaridan tortib, g‘arbiy Xonsyudagi Kinki mintaqasigacha bo‘lgan 13 prefekturani qamrab oluvchi 53 ta munisipalitetda evakuasiya buyruqlarini chiqardilar. Ushbu choralar 655 000 kishi evakuasiya qilingan Fukuoka prefekturasi va 568 000 aholi evakuasiya qilingan Nagasakiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Yong‘in va tabiiy ofatlar boshqaruvi agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bo‘ron natijasida Kagosima prefekturasida uch kishi yengil jarohat olgan. Bundan tashqari, Fukuoka va Kagosima prefekturalarida 25 ta bino suv ostida qolgan.