Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya xususiy universitetlarining har uchinchisiga yopilish xavf solmoqda

Yaponiya xususiy universitetlarining har uchinchisiga yopilish xavf solmoqda

Yaponiyada 2040 yilga borib xususiy universitetlarning qariyb 30 foizi moliyaviy mablag‘ yetishmovchiligi bois yopilish xavfi ostida. The Mainichi Shimbun gazetasi yozishicha, ayni holat 18 yoshli talabalar sonining tez sur’atlarda kamayib ketayotgani bilan bog‘liq.

Mamlakat ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi bu boradagi hisob-kitoblarini e’lon qilib, xususiy universitetlarni yopilish yoki talabalar sonini qisqartirish bo‘yicha imkon qadar tezroq qaror qabul qilishga chaqirdi.

Yaponiyada tug‘ilish darajasi pasayishi sababli, 2024 o‘quv yilida abituriyentlar soni 630 000 nafarni tashkil etgan edi, 2040 yilda bu ko‘rsatkich 460 000 nafargacha tushib ketishi kutilmoqda.

Ushbu mamlakatning demografik muammosini quyidagi raqamlar ham yaxshi ifodalaydi: Kunchiqar yurtda 124 mln kishi yashaydi, bu O‘zbekiston (38 mln) aholisidan 3,3 barobar ko‘p. 2024 yilda O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlarida 737 351 nafar abituriyent qatnashgan.

Yaponiya ta’lim vazirligi hisobotiga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlarining qariyb 75 foizini tashkil etuvchi kunduzgi ta’lim shaklidagi 601 ta xususiy universitet kelgusida moliyaviy muammolarga yo‘liqish xavfi ostida. Moliyaviy yetishmovchilik borasida o‘ta yuqori xavf guruhiga kiritilgan universitetlar soni 2025 yilda 22 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2036 o‘quv yilida 85 taga, 2040 yilda 170 taga yetishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:08 21.02.2026. O'qildi: 250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!