Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi plyajda bir yigit cho‘kib ketdi

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududidagi plyajda bir yigit cho‘kib ketdi

Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i hududida joylashgan plyajda bir yigit suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘ldi. Kun.uz'ga yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra, fojia bugun, 31 iyul kuni dam oluvchilarning ko‘z o‘ngida ro‘y bergan; plyajga mas’ul xodimlar va boshqalar yigitni qutqarib qololmagan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, yigitni cho‘milish havzasi xodimlari emas, dam oluvchilardan biri qirg‘oqqa olib chiqqan va yurak-o‘pka reanimasiyasini bajargan. Oradan 10 daqiqacha o‘tib, mas’ul tibbiy xodim yetib kelib, u ham reanimasiyada qatnashgan. Birozdan keyin tez yordam ham yetib kelgan, lekin bu vaqtga kelib, yigit vafot etgan edi.

Toshkent shahar prokuraturasi o‘lim ro‘y berganini tasdiqladi. Tergov tezkor guruhi voqea joyiga yo‘l olgan.

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 23:25 31.07.2025. O'qildi: 1049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!