Axios ma’lumotlariga ko‘ra, 2 dekabrda Donald Tramp maslahatchilari va Putin o‘rtasida besh soatlik uchrashuvdan so‘ng AQShning «tinchlik tashabbusi» Ukraina uchun yanada og‘irlashdi. Yangi rejada hududiy imtiyozlar, Zaporojye AES nazoratini topshirish va xavfsizlik kafolatlarining umuman yo‘qligi kabi qat’iy shartlar mavjud edi. Axios yozishicha, Vladimir Zelenskiydan telefon orqali Donbassni yo‘qotishga rozilik berish talab qilingan — muzokaralar va kompensasiyalarsiz.