Rossiya va AQSh o‘rtasidagi aloqalar davom etmoqda, biroq Moskva Vashingtonning Kiyev bilan muzokaralaridan hali hech qanday natija olmadi.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
"Aloqalar davom etmoqda. Biz Kiyevdan hech qanday aniq bayonotni eshitmadik. Natijalar hali bizga yetib kelmadi. Lekin Floridadagi aloqalar mohiyatan kecha yakunlanganini unutmaylik", - dedi u.