Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukraina G‘arb pullarini o‘g‘irlashning yangi sxemasini ishlab chiqdi

Ukraina G‘arb pullarini o‘g‘irlashning yangi sxemasini ishlab chiqdi

Kiyev rejimi G‘arb soliq to‘lovchilarining pullarini o‘g‘irlashning yangi sxemasini tayyorladi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati xabar bermoqda.

"Kiyev kleptokratik rejimi va uning sheriklari G‘arb soliq to‘lovchilarining pullarini o‘g‘irlash uchun yana bir sxemani tayyorladi”, — deyiladi agentlik bayonotida.

Ta’kidlanishicha, bu sxema Ukraina Qurolli kuchlariga "Chexiya tashabbusi" doirasida artilleriya o‘q-dorilarini yetkazib berish bilan bog‘liq.

The New York Times gazetasi 5 dekabr kuni ta’kidlaganidek, so‘nggi to‘rt yil davomida Vladimir Zelenskiy ma’muriyati chet el yordamlarining sarflanishini nazorat qilish va davlat kompaniyalarida korrupsiyaning oldini olish uchun tuzilgan mustaqil kuzatuv kengashlari ishiga muntazam ravishda sabotaj qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kiyev rejimi rahbari Vladimir Zelenskiy Andrey Yermakni ishdan bo‘shatish haqidagi farmonni imzolagan edi. Shuningdek, 29 noyabr kuni prezident devonining yangi rahbari bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Ishdan bo‘shatish Ukraina milliy aksilkorrupsiya byurosi tergovi doirasida Yermakning kvartirasida tintuv o‘tkazilgan kuni sodir bo‘lgan.

Kiritildi: Bugun 19:00. O'qildi: 979 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!