Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekiston bilan chegarada poyezdlarning kechikishi uchun aybdorlarni jazolashni talab qildi

Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekiston bilan chegarada poyezdlarning kechikishi uchun aybdorlarni jazolashni talab qildi

Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov O‘zbekiston bilan chegarada yuk vagonlarining to‘planishiga yo‘l qo‘ygan kompaniya rahbarlarini javobgarlikka tortishni buyurdi.

Bu haqda Bektenov hukumat yig‘ilishida Qozog‘iston temir yo‘llari raisi Talgat Aldibergenovga shunday buyruq bergan.

Hukumat rahbari bu masalani tezkor va har tomonlama hal etish zarurligini ta’kidladi. “Bu holatga sabab bo‘lgan kompaniya rahbarlarini javobgarlikka tortinglar, menga xabar beringlar”, - deb ko‘rsatma berdi Bektenov.

Aldibergenov, o‘z navbatida, Qozog‘iston va O‘zbekistonning tegishli idoralari muammoni hal qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borayotganini ma’lum qildi.

“O‘zbekistonda favqulodda shtab tashkil etildi, barcha vakolatli idoralar 24/7 ish rejimiga o‘tdi.

Minglab don ortilgan vagonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida qolib ketgani, transport halokatiga sabab bo‘lgani avvalroq xabar qilingan edi. KJD xabariga ko‘ra, tirbandlik O‘zbekistonning Sariog‘ash bekatining o‘tkazish imkoniyati cheklangani bilan bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 13:59. O'qildi: 916 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!