Toshkentda tirbandlik odatiy holga aylanib, 7-8 ballga yetgani bejiz emas. Buning asosiy sababi - harakatni boshqarishning yagona tizimi yo‘qligi. Uzoq vaqt davomida harakatni tartibga solish, svetoforlar va jamoat transporti tarqoq bo‘lganligi ham yuklamaning oshishiga olib kelgan asosiy sabablardan biridir.
Bugungi kunda Toshkent shahrining 400 ming avtomobilga mo‘ljallangan yo‘llarida kuniga 1,1 million avtomobil harakatlanmoqda. Shu bilan birga, jamoat transportining ulushi atigi 39 foizni tashkil etadi, ushbu ko‘rsatkich Parijda - 75 foiz, Moskvada - 69 foiz. Albatta, so‘nggi yillarda poytaxtda jamoat transportini yaxshilash yo‘lida katta ishlar qilindi. Ammo hozirgi holat yana qo‘shimcha choralarni taqozo etmoqda.
4 dekabr kuni Toshkent shahrida transport tizimini boshqarishni takomillashtirish va tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.
✅ Yechim: Intellektual transport tizimi (ITT)
Yo‘l harakatini tashkil etish bo‘yicha yagona Markazning tashkil etilishi juda muhim qadam. Ushbu Markaz barcha kameralar, sensorlar va svetoforlardan olingan ma’lumotlarni birlashtiruvchi yuqori texnologik tizim - Intellektual transport platformasining operatori bo‘ladi.
✅ Bu qanday ishlaydi?
Sun’iy intellekt (SI) real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qiladi, tirbandliklarni bashorat qiladi va svetofor fazalarini joriy transport oqimiga avtomatik ravishda moslashtiradi.
Tizim jamoat va maxsus transportga (tez yordam, yong‘in xavfsizligi) ustuvorlik beradi.
✅ 2030 yilgacha kutilayotgan natijalar:
🔴Yo‘lga ketadigan vaqt 25 foizga qisqaradi
🔴Tirbandliklar 30% ga kamayadi
🔴Svetoforlarda kutish vaqti 30 foizga qisqaradi
🔴Favqulodda xizmatlarning yetib kelish vaqti 40 foizga qisqaradi
Bu Toshkentni yanada qulay va xavfsiz harakatlanadigan zamonaviy, "aqlli" shaharga aylantirish yo‘lida katta qadam bo‘lishiga shubha yo‘q.