"Bunga hech qanday shubha yo‘q, Rossiya ulkan hududi va resurslari sabab ancha ustun holatda, Ukraina esa yutqazmoqda. Ukraina ko‘p hududlarni yo‘qotdi va buni g‘alaba deb bo‘lmaydi", — dedi AQSh prezidenti Politico nashriga bergan intervyusida.
Intervyuda Donald Tramp tomonidan bildirilgan boshqa fikrlar:
◾️ Zelenskiy murosaga kelishi kerak, chunki Ukraina yutqazmoqda;
◾️ Zelenskiy tinchlik rejasini bloklab turibdi, chunki u rejaning so‘nggi variantini hali o‘qimagan;
◾️ Ukrainadagi nizoni tartibga solish bo‘yicha so‘nggi taklif Zelenskiy jamoasidagi yuqori martabali amaldorlarga ma’qul bo‘lgan;
◾️ Agar o‘sha paytda men prezident bo‘lganimda, Ukraina urushi hech qachon boshlanmas edi;
◾️ So‘nggi bir oyda Ukraina 27 ming askarini yo‘qotdi;
◾️ Agar Ukraina Qo‘shma Shtatlarning tinchlik rejasini rad etsa, AQSh Kiyevni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlamaydi;
◾️ Putinning Zelenskiyni yomon ko‘rishi sabab kelishuvga erishish qiyin. Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi nafrat darajasi juda yuqori;
◾️ Yevropa zaif va o‘z mudofaasini ta’minlay olmaydi, immigrasiya esa uni parchalamoqda. Agar vaziyat shu tarzda davom etsa, bu davlatlarning ko‘pchiligi yashash uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin;
◾️ Putin zaif Yevropani ko‘rishni xohlaydi va u bunga erishyapti. Bu men bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q. Men kuchli Yevropani ko‘rishni istayman;
◾️ Ukraina urushi hozir Yevropadagi eng dolzarb muammolardan biridir;
◾️ Ukrainadagi vaziyat uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin edi, ammo, menincha, endi bunday bo‘lmaydi;
◾️ Zelenskiy firibgar Jo Baydenni Kiyevga 350 mlrd dollar berishga ko‘ndirgan va natijada u mamlakatining taxminan 25 foizini yo‘qotdi;
◾️ Menimcha, Ukraina saylovlar o‘tkazishi kerak. Ular urushdan saylov o‘tkazmaslik uchun bahona sifatida foydalanishmoqda, lekin Ukraina xalqi bunday tanlovga ega bo‘lishi kerak. Agar saylov o‘tkazilsa, balki unda Zelenskiy yutardi. Ular demokratiya haqida gapirishadi, ammo bu demokratiya emas;
◾️ Venesuela yetakchisi Nikolas Maduroning sanoqli kunlari qolgan;
◾️ Bilasizmi, men ich-ichimdan riyeltorxonman, to‘g‘rimi? Men ko‘chmas mulkni juda yaxshi tushunaman. Har safar xaritaga qaraganimda: “Oh, Qrim juda chiroyli”, deyman. U to‘rt tomondan okean bilan o‘ralgan. Unda quruqlikning asosiy qismiga chiqish uchun faqatgina kichkina yo‘lak bor. Qirimni Rossiyaga AQShning o‘sha davrdagi prezidenti Barak Obama berib yuborgan;
◾️ Men Qo‘shma Shtatlarni boshqarishni xohlayman, Yevropani emas;
◾️ NATO'da meni “otajon” deb chaqirishadi. Bu borada aytadigan gaplarim bor. Bilasizmi, men NATO badallarini YAIMning 2 foizidan 5 foizigacha ko‘tardim, ular buni to‘layapti. Chunki biz ularga qurollarni yetkazib berganimizda, buning uchun alyans to‘laydi va, chamamda, ular qurollarni Ukrainaga yuborishadi.