Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi PF–243-son farmoni bilan Yangi Toshkent hududida boshqaruvni tashkil etish, aholi hamda ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish uchun shahar hokimligi tashkil etilishi belgilandi.
Yangi Toshkent shahri hokimi Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Hokim o‘z faoliyatini tegishli ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilguniga qadar amalga oshiradi.
Hokimlik va mahalliy byudjetdan moliyalashtirilishi belgilangan davlat organlari hamda tashkilotlarini saqlash xarajatlari respublika byudjetidan qoplanadi.