Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Yangi safarbarlik to‘lqini - "saylovlar oldidan uyushtirilgan axborot hujumi" mi?

Yangi safarbarlik to‘lqini -  "saylovlar oldidan uyushtirilgan axborot hujumi" mi?

Putin Rossiyada yangi safarbarlik to‘lqini haqidagi mish-mishlarni "saylovlar oldidan uyushtirilgan axborot hujumi" deb atadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ayni damda Rossiyada yangi safarbarlik to‘lqinini o‘tkazish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi.

"Bugungi kunda safarbarlikni talab qiladigan bunday ssenariy yo‘q. Safarbarlik rejalari haqidagi xabarlar Rossiya Davlat Dumasiga saylovlar oldidan qilingan axborot hujumi, shuningdek, maxsus uyushtirilgan kampaniya", — dedi u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning yetarliligi nuqtai nazaridan Rossiyada hech qanday muammo yo‘q.

Rossiyada Davlat Dumasi saylovlaridan so‘ng yangi safarbarlik to‘lqini o‘tkazilishi mumkinligi haqidagi xabarlar so‘nggi bir necha oy ichida muntazam ravishda paydo bo‘lmoqda. Bu haqda, xususan, “Meduza” manbalari, G‘arb ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hukumati kuzda 300 ming nafargacha odamni safarbar qilishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Moskva yangi safarbarlik haqidagi rejalarni inkor etmoqda. Rossiya rasmiylari 2022 yil sentyabr oyida “qisman safarbarlik” e’lon qilinishidan oldin ham xuddi shunday harakat qilishgan edi. 2022 yilgi safarbarlik rasman hali ham yakunlanmagan.

Kiritildi: 20:40 03.09.2026. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!