«Xorazm» himoyachisi Dostonbek Tursunov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshli futbolchiga «Fulad» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu klubda O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov to‘p suradi.
Tursunov ilgari ham «Istiqlol Xuziston» klubida to‘p surgan. Eron chempionati futbolchi uchun begona emas.
Bu mavsumda Superliga doirasida 13 o‘yinda maydonga tushgan.