Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yamal Braziliyada Neymar bilan birga futbol o‘ynadi (FOTO)

Yamal Braziliyada Neymar bilan birga futbol o‘ynadi (FOTO)

Braziliyalik yosh iqtidor egasining videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining yosh iqtidori Lamin Yamal Braziliyada o‘zining kumiri Neymar bilan uchrashdi.

"Santos"ning 33 yoshli futbolchisi Neymar o‘zining Instagram sahifasida Yamalning qum ustida to‘p bilan o‘ynayotgani aks etgan qisqa videoni joylashtirdi.

Oldinroq 17 yoshli vinger Neymar kumiri ekanligini aytgandi. Lamin uni futbol afsonasi deb ham atagan.

Yamal Braziliyada Neymar bilan birga futbol o‘ynadi (FOTO)

Lamin Yamal o‘tgan mavsum klub va terma jamoa safida 62 o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 26 ta golli pas uzatdi. U "Barselona" bilan chempionatda g‘olib chiqdi, Kubok va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya terma jamoasi bilan Millatlar Ligasi finaliga chiqdi va penaltilar seriyasiga ko‘ra Portugaliyaga yutqazdi.

Kiritildi: 18:06 20.06.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!