Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Xududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 494,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. “Mingchinor” MFY hududidagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 160,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Guliston shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.X. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 172,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:28 23.05.2025. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!