Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Bugun, 2 dekabr kuni soat 10:49 da Guliston shahar "Taraqqiyot" MFY hududida joylashgan ovqatlanish shoxobchasining oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sirdaryo viloyati FVBning xabariga ko‘ra, tezkor harakatlar natijasida yong‘in qisqa fursatda to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolarga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialiga yetkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ushbu bemorlar holatini o‘z nazoratiga olgan.

Mazkur hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!