Qozog‘iston Majlisi jamoat joylarida niqob, burqa va paranji kiyish uchun jarimalarni joriy etuvchi qonun loyihasini ma’qullagan. O‘zgartishlarga ko‘ra, jamoat joylarida yuzni yopib, shaxsni tanib bo‘lishiga to‘sqinlik qiladigan kiyim kiyganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanadi.
Birinchi qoidabuzarlik holatida ogohlantirish beriladi, takroriy holatda esa 10 oylik hisoblash ko‘rsatkichlari miqdorida (taxminan 80 dollar) jarima solinadi.